loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PRESS-TUR: JURNALIST VA BLOGERLAR INSTITUTDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR BILAN TANISHDILAR

  Navoiy davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida press tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi. Press turda ommaviy axborot vositalari vakillari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning taʼlim olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, axborot-resurs markazi faoliyati, sport maydonlari, talabalar turar joylari, oʻquv laboratoriya xonalari ko‘zdan kechirildi, talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.

Shuningdek, mehmonlar yoshlar ittifoqi kengashi xonasi bilan tanishib, fakultet koordinatorlari hamda “Qalqon” guruhi talabalari bilan suhbat o‘tkazdilar, sanʼat galereyasida tashkil etilgan koʻrgazma faoliyati toʻgʻrisida ham maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat uyushtirilb, muzeydagi eksponatlar, qatag’on davriga oid arxiv hujjatlari, jadid bobolarimiz haqida ma’lumotlar berildi.

  

Press turdan so‘ng Matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mazkur matbuot anjumanida institut rektori, professor Bahodir Sobirov oliygohda oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va sport sohalarida, ilmiy-tadqiqot hamda moliya-iqtisod yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berdi. Shu bilan birga tadbirda oliy ta’lim muassasasi hamda jurnalist va blogerlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar va takliflar tinglandi.

  

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillariga Navoiy davlat pedagogika instituti bilan hamkorligi uchun minnatdorlik bildirildi.