loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Zukko kitobxon tanloviga start berildi

   Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar turar joylarida joriy yilning 20-may-20-iyun kunlari o‘tkaziladigan ma’naviiy-ma’rifiy tadbirlar va loyihalar reja grafigining 4-bandiga asosan,  3-sonli TTJda “Fizika-texnologiya”, “Matematika-informatika” va “Rus va qozoq filologiyasi” fakultetlar talaba-yoshlari ishtirokidagi “Zukko kitobxon” tanloviga start berildi. Tanlov institutimiz yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish hamda yoshlarni vatan, xalq, milliy qadriyatlar, tarixiy-ma’naviy merosga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati va o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Tanlovga quyidagi adabiyotlar tavsiya etildi: Cho’lponning «Kecha va kunduz», O’rkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi», Xudoyberdi To’xtaboyevning «Jannati odamlar», Ibrohim G’afurovning «Ayyub nidosi» va Fyodor Dostoyevskiyning «Telba» asarlari.