loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Barhayot xotiralar nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir

  Joriy yilning 5-may kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 9-may -Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Barhayot xotiralar” nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar inson uchun tinchlik va osoyishtalik eng ulug’ ne’mat ekani, tinchliksevar xalqimizning ana shu ezgu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosi asrlar silsilasiga bo‘y ko‘rsatib kelayotgani, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz ham aynan ana shu ezgu maqsad mujassam ekani xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirda fakultetning talabalar teatr to’garagi a’zolari tomonidan sahna ko’rinishlari namoyishi, diltortar qo‘shiqlar, go‘zal raqslar ijro etildi. G‘oyatda qiziqarli bo‘lgan tadbir namoyishi uchun fakultetning 1-,2 kurs talabalariga, shuningdek, Tarix fakulteti talabalari Ģaniyev Azamat,Turebayev Aybek va Danabekov Azimbeklarga sahnadagi chiroyli ishtiroklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Darhaqiqat, inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz xotirasini qalbida mangu saqlaydi.