loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda

  Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual baxslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar anʼana tusiga kirib, muntazam oʻtkazib kelinmoqda.  Bugungi kunda futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari fakultetlar boʻylab davom etayapti.

 

Ayni paytda Matematika-informatika fakultetida saralash oʻyinlari oʻtkazilayapti. Unda fakultet talabalaridan iborat 6 ta jamoa: “Liderlar”, “Yoshlik”, “Tyutorning jiyanlari”, “Paxtakor”, “Qalqon” va “Barkamol avlod” jamoalari oʻzaro toʻp surmoqda.

Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasida Matematika-iformatika fakultetida  futbol bo’yicha fakultet bosqichidagi o‘yin natijalariga ko‘ra:

  • 1-o’rin Qalqon
  • 2-orin Tyutor jiyanlari
  • 3-o’rin Liderlar

Keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Qalqon jamoasiga omad tilaymiz.