loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

  Joriy yilning 11-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida «Yoshlar yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 30-aprel mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan, o‘z istiqboliga befarq bo‘lmagan barcha talaba-yoshlar ushbu referendumda faol ishtirok etishadi. Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati B.Y.Jumaboyev, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati D.M.Shamsiyeva, Afg‘on urishi qatnashchisi Sh.Mamatov hamda tadbir mehmonlari o‘z nutqlarida yangilanayotgan konstitutsiyamiz va mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi. Sh.Ibragimov, X.Elamonov, T.Safarovlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi orqali tadbir qatnashchilariga hushkayfiyat ulashildi.