loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Senator Qobul Tursunov Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi

 Ayni kunlarda butun Respublikamiz boʻylab “Referendum 2023: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutida ham Oliy majlis va Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputatlari, jamoatchilik faollari ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Tarix fakulteti tomonidan “Referendum va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu targʻibot tadbirida Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qobul Tursunov, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Fayzullo Quvondiqov, Siyosiy partiyalar rahbarlari ishtirok etdi.