loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Har kuning bo‘lsin Navro‘z

   Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana  hisoblanadi.

Xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylandi.

Joriy yilning 16-mart kuni institutning Matematika-informatika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor dots. G‘.R.Yodgorov ochib berdi. Navro‘z – yangilanish, yasharish, mehr-oqibat va qadr-qimmat bayrami bilan tabriklab, talaba yoshlarni yanada chuqur bilim olishga, qunt bilan o‘qishga chaqirib, jonajon O‘zbekistonimizning ertangi kuni bilimli, iste’dodli yoshlar qo‘lida ekanligini ta’kidladilar.

  Tadbir bellashuv tarzida tashkil etilib, 9 ta talabalar jamoasi o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Oliy o‘rin matematika-informatika yo‘nalishi 1-V guruhining “Lastochka” jamoasiga nasib etdi. Qolgan jamoalar “Eng zukko jamoa”, “Eng bilimdon jamoa”, “Eng chaqqon jamoa”, “Eng pazanda jamoa”, “Eng tadbirkor jamoa” nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.