loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor va bitiruvchi oʻquvchilar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Bugungi kunda yoshlarni oliy ta’limga tobora kengroq qamrab olish maqsadida ularga katta imkoniyatlar taqdim qilinayapti. Qabul kvotalarining yildan-yilga oshirilayotgani bunga bir misol bo‘ladi. Endilikda maktab va oliy ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish, har bir fakultetga shu sohaga qiziquvchi yoshlarni yo‘naltirish, o‘quvchilarga oliygoh va yo‘nalishlar, imtihon fanlari yuzasidan zarur axborotlarni muntazam taqdim qilib borish muhim sanaladi.

Shu maqsadda  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida rahbariyat, bo’lim boshliqlari Karmana tumani 2-sonli umumta’lim maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

 

NavDPI rektori B.Sobirov bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularga oliy ta’lim sohasidagi islohotlar hamda institut hayoti haqida so‘zlab berdi. Bundan tashqari, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov fakultetlar va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim qildi.