loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PREZIDENT HAMDA NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

   Har yili davlat oliy ta’lim muassasalarida butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistrantura talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tayinlanib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlishni orzu qilmagan talaba boʻlmasa kerak. Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakultetidan 2022-yilda Prezident va nomdor davlat stipendiyalarini olgan talabalarimiz.

  

Mirzaqandova Sohibjamol – 4-kurs Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi taʼlim yoʻnalishi talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Namozova Nilufar – 3-kurs Fizika va astronomiya taʼlim yoʻnalishi talabasi,Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Rashidova Nilufar – 3-kurs Texnologik taʼlim yoʻnalishi talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Ushbu talabalarimizni ustozlarini, ota-onasini va oila a’zolarini ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!