loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Shuhrating porlasin toki bor jahon!” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!» mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon  qilganidan xabaringiz bor. Tanlovga respublika boʻylab 300 ga yaqin videorolik kelib tushdi va hakamlar hayʼati tomonidan saralandi. Yakuniy natijalarga  koʻra, 4 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

Quvonarlisi, Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Xor jamoasi “Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh” nominatsiyasida g’olib deb topilib 1-o’rinni qo’lga kiritdi va 10 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Barcha Ustozlarni va iste’dodli talabalarimizni ulkan g’alaba bilan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz. Barakalla Yoshlar !!!