loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BU SHUNCHAKI GULXAN YOQISH EMAS

  Navoiy shahridagi “Janubiy” MFYda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan she’rxonlik kechasi, badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. NavDPI yoshlari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi.

“Bu shunchaki gulxan yoqish emas, tadbirni tashkil etilishi mahallamizning barcha fuqarolari va ayniqsa yoshlarimizga manzur bo‘ldi. Biz bilmagan va kutmagan yoshlarimiz ajoyib she’r va qo‘shiqlar ijro etishdi. Keyingi bu kabi tadbirlarimizda turli qiziqarli o‘yinlarni tashkil etishni rejalashtirdik. NavDPI ustoz murabbiylari va talabalariga tadbirni tashkil etilishida yaqindan yordam berganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman…”- deydi MFY raisi A.Yo‘ldoshev.