loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

 Akademik mobillik dasturlari asosida talabalar Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon universitetlarida oʻqitiladi

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Navoiy viloyatiga keldi. Abduqodir Toshqulov Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilar hamda talabalar bilan muloqot qildi. Yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

  

Keyingi yillarda oliygohda taʼlim sifatini yanada oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, institutda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari, shu jumladan institutining 6 ta oʻquv binosi hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami 350 kvt boʻlgan Quyosh panellari oʻrnatilganligi haqida institut rektori Bahodir Sobirov to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Abduqodir Toshqulov institut bosh binosidagi 150 oʻrinli faollar zali, inkubatsiya-akseleratsiya markazi bilan tanishdi.

 

Uchrashuv davomida A.Toshqulov inkubatsiya-akseleratsiya markazi xodimlari, talabalar bilan suhbatlashdi. Markaz xodimi Oybek Abduraimov tomonidan yaratilgan “Ilm nuri” loyihasi vazirga maʼqul boʻldi. Loyiha muallifi va markaz xodimlariga vazirning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari bilan samimiy muloqot tashkil etildi.  A.Toshqulov talabalarga yetuk mutaxassis boʻlib yetishish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi hamda fan oʻqituvchisi dotsent N.Yarashovaning darsini e’tirof etdi. Muloqot jarayonida talabalar tomonidan berilgan takliflar, jumladan, bosma nashrlar sonini kengaytirish hamda akademik mobillik asosida talabalarni xorijiy, mahalliy universitetlarda oʻqitishni tashkil etish yuzasidan bildirgan takliflari qoʻllab-quvvatlandi. Uchrashuv yakunida talabalarni Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon universitetlariga yuborish boʻyicha institut rahbariyatiga topshiriq berildi.