loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalari oʻrtasida “Universiada-2022” oʻyinlarining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. 

  Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari oʻrtasida “Universiada-2022” oʻyinlarining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Oldin xabar berilganidek, 12-14-sentyabr kunlari 15 ta sport turidan “Universiada-2022” institut bosqichi oʻtkazildi.

 Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari o’rtasida futbol musobaqasi bo’ldi.  Har ikkala oliy taʼlim muassasalari jamoalari o’zaro toʻp surdi. Natijada NavDPI jamoasi 3:0 hisobda gʻolib boʻlib, Xorazm viloyatida boʻlib oʻtadigan Universiada oʻyinlariga ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻldi. Oʻyin yakunlangach, institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov va Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Abduxoliq Nurillayev jamoamiz sportchilarini tabriklab, omad tiladilar va Respublika bosqichida ham zafar quchishlarini bildirdilar.