loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Nuroniylar va yoshlar uchrashuvi

   Joriy yilning 11-avgust kuni   institutida nuroniylar va yoshlar uchrashuvi  bo’lib o’tdi. Uchrashuv mehmonlari — Prezident administrasiyasi vakillari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari Shuhrat Uzoqov, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Azizbek Ikramov, Navoiy viloyat hokimi o’rinbosari Yashin Do’shanov, viloyat prokurori Baxtiyor Axmedov hamda tashkilot rahbarlari dastlab institut tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyida bo’ldilar.

    

Mehmonlarga muzey direktori tomonidan viloyat tarixi, urf-odatlari va turmush tarzi, qatag’on qilinganlarning achchiq qismatiga oid to’plangan materiallar haqida so’zlab berildi. Shundan so’ng mehmonlar Nuroniylar va yoshlar uchrashuvida ishtirok etdilar.

Tadbirni institutimiz rektori, professor Bahodir Sobirov kirish so’zi bilan ochib berdi. Bosh prokuror o’rinbosari Shuhrat Uzoqov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan millatlararo totuvlikni ta’minlash, mamlakatimizda yashovchi turli millat va elat vakillarining inoq va totuv yashashi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarimizni erishayotgan yutuqlari haqida misollar keltirildi. Nuroniylarimiz o’zlarining ibratli hayot yo’llari, qimmatli maslahatlari bilan yoshlarga o’rnak bo’lishi lozimligi uchrashuvda ta’kidlandi.