loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Osiyo chempioni bo‘ldi

  Joriy yilning 20-iyul kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 16 mamlakatidan kelgan sportchilar o‘zaro kuch sinashdi.

Ushbu musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Azizbek Ortiqov 66 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, Koreya, Mongoliya sportchilari bilan bellashdi. Talabamiz finalda qozogʻistonlik  sportchi bilan tatamiga chiqib, gʻalaba qozondi va 1-o‘rin — oltin medalni qo‘lga kiritdi. Azizbekni gʻalaba bilan muborakbod etamiz!