loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoda birinchi marta TESOL mintaqaviy konferensiya tashkil qilindi

   2022-yil 13-16 iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida TESOL xalqaro assotsiatsiyasi birinchi mintaqaviy “Ingliz tilini ikkinchi yoki boshqa til sifatida o‘qitish” (TESOL) konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada 22 ta davlatdan kelgan 500 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyada Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchilari Jumayeva Dilbar Kuvondikovna va Narbekova Elvira Yergaliyevnalar ham faol ishtirok etib, “Integrating thinking skills into Lesson planning to Differentiate activities” mavzusida taqdimot qildilar hamda mamlakatimiz va xorijdan kelgan mutaxassislar bilan fikr almashdilar.