loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

1 IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISh KUNI

  Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shu sabab 1 iyunь — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.

1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan  “Fizika va texnologik ta’lim” fakultetining “Bolalar” nomli teatr guruhi talabalari Navoiy shahridagi 12-sonli  MTTda, jajji bolajonlarga “Maymoqvoy” ertagini namoyish etishdi. “Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlari tomonidan namoyish etilgan ertak bolajonlarimizga juda ham yoqdi.  Shu kuni bolajonlarga bayram dasturxoni yozildi, bayram oshi va shirinliklar hamda sovg‘alar bolalar quvonchiga quvonch qo‘shdi. Tanlov g‘oliblariga tufha qilingan sovrinlar esa ularning ilk qo‘lga kiritgan yutuqlari sifatida umirbod onglariga muhrlandi.