loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovi final bosqichi g’oliblari taqdirlandi

   Joriy yilning 19-21 may kunlari Toshkent shahrida «Mirzo Ulug’bek vorislari» tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda 14 ta hududdan 280 nafar yoshlar o‘zlarining g’oya va loyihalari bilan ishtirok etdilar. Mazkur tanlovda Navoiy davlat pedagogika institutidan 5 nafar talabalar ishtirok etdi.  Yakunda institutimizning Kimyo va Biologiya ta’lim yo‘nalishlaridan 2 nafar talaba,  Shonazarova Nargiza va Sharopova Mahliyolar g’olib deb topilib, har biri 5 mln. 400 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Talabalarimizni va ularning ilmiy rahbarlari: To‘xtaev Feruz va Shamsutdinov Fazliddinlarni bu yuksak g’alaba bilan muborakbod etamiz!