loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi

  Tahlillar shuni ko‘ratmoqdaki, dunyodagi aksariyat inqiloblar va tartibsizliklar asosan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Boisi, yoshlar qiziquvchan, tashabbuskor va tez ishonuvchan. Shuning uchun ham jamiyatga qarshi ish ko‘ruvchi har qanday oqimlar yoshlarni o‘z tomoniga og‘dirishga urinishadi. NavDPI “Fizika va texnologik ta’lim” fakultetida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda mana shu fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda dastlab so‘zga chiqqan ma’ruzachilar “yoshlar”, “buzg‘unchi g‘oyalar” tushunchalari, institutimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar o‘rtasida huqubuzarlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘htalib o‘tdi “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan suhbatlarda videorolik namoyish etildi. Vedeorolikda yashirin ravishda — “hujralar”da savodsiz “dindorlar” tomonidan diniy ta’lim olayotgan bolalarning dunyoqarashida salbiy holatlar shakllanayotganligi to‘g‘risiida tasvirlar namoyish etildi. “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi yig‘ilishda ishtirok etgan talabalar mamlakatimizda yosh avlodni barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga birgalikda kurashish zarurligni anglab yetganliklarini ifodaladilar.