loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut va televideniya hamkorligi

  Joriy  yilning 22-aprel kuni Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida institutda tahsil olayotgan bir guruh talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda teleradiokompaniya direktori Gʻulom Sultonov, muharrirlar R.Boboqulova, G.Yusupova, F.Oʻtkirov hamda institut boʻlim boshligʻi B. Bobonazarov, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekani A.Allaberdiyev va fakultet tyutori U.Abdullayev, Chet tillar fakulteti tyutori G.Kunisovalar ishtirok etdilar. Uchrashuvda tele va radio boshlovchilikka qiziqishi yuqori boʻlgan, ijodkor hamda isteʼdodli talaba-yoshlarni ish bilan taʼminlash, kelgusida salohiyatli, yetuk zahira kadrlarni yaratish maqsad qilingan.

 Hozirda televideniyada 5 nafar talaba ishlamoqda, — deydi Gʻ.Sultonov. Shuningdek, talabalarni fikr-mulohazalari tinglandi, ularni ishga olish boʻyicha koʻrsatma berildi.