loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Biz tahsil olayotgan taʼlim muassasasida korrupsiyaga oʻrin yoʻq!

   Shu mavzu yuzasidan Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov va boʻlim mutaxassisi U.Shomirovlar Tibbiyot fakulteti talabalari hamda pedagoglari bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Uchrashuvda fakultetning professor-oʻqituvchilari va talabalariga Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Prezidentimizning 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qarori, shuningdek Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 3-martdagi xati bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida taʼlim sohasida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, baho uchun pora berish va pora olishga chek qoʻyish uchun fanlarni yaxshi oʻzlashtirish zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Yana bir yoʻnalish – huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni oshirish zarurligi talabalarga yetkazildi.

Talabalardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida yoshlar fikrini bilish» boʻyicha anonim soʻrovnoma olindi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlariga tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻplami toʻgʻrisida maʼlumot berildi.