loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Fakultet  talaba-qizlari oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazilmoqda

   Joriy yilning 1-mart kuni 8-mart «Xotin-qizlar kuni» munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida tahsil oluvchi qizlar o‘rtasida Futbol sport turi bo‘yicha musobaqaning navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 2-kun o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra Fizika va texnalogik ta’lim fakulteti Tibbiyot fakulteti ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Jismoniy madaniyat fakulteti qizlari esa Matematika va informatika fakulteti qizlarini 6:1 hisobida mag‘lub etishdi. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti va Chet-tillar fakulteti o‘rtasida hamda Fizika va texnalogik ta’lim va Tarix fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinlar 0:0 hisobidagi jangovar durrang bilan yakunlandi. Tabiiy fanlar fakulteti qizlari San’atshunoslik fakultetini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. O‘yinlar davom etadi..