loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

 

      Zahriddin Muhammad Boburning ilm-maʼrifat haqidagi gʻoyalari, axloq odob, yaxshilik, vafo, insonni xalqqa yaxshilik, qiladigan qilib tarbiyalash, mehnat ahlini qadrlash, insonparvarlik,Vatandan judolik gʻam, alam ekanligi, adolat haqidagi qarashlari,axloqiy-taʼlimiy fikrlari hozirgi davr yoshlar tarbiyasida ham gʻoyat ahamiyatlidir. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda oʻzining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi. 1503-yilda “Xatti Boburiy” ni yaratdi. 1521-yilda “Mubayyin al-zakot”, 1523-25-yillarda“Muxtasar”, “Xarb ishi”, “Musiqa ilmi” , “Volidiyya” asarlarini,1519-yilda 1-devon “Qobul devoni” ni, 1528-29-yillarda 2-devon “Hind devoni” ni yaratdi. “Tuzuki Boburiy”, “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanoma”, “Boburnoma” nomlari bilan mashhur boʻlgan asarni 1525-1530-yillarda yozdi. Bobur ikki tilda -oʻzbek va forsiy tillarida erkin ijod qilgan boʻlsa-da, faqat oʻzbekcha sheʼrlarini toʻplab 2 ta devon tuzgan. 1519-yilda Qobulda, 1529-yilda Hindistonda tuzilgan bu devonlar oʻsha joylar nomi bilan yuritiladi. Qobul devoni topilmagan. Hind devonidagi sheʼrlarining umumiy miqdori 400 dan ortiq. 119 tasi gʻazal, 231 tasi ruboiy, boshqalari turli janrdagi sheʼrlardir. Bobur sheʼrlarining maʼlum bir qismi hasbi hol xususiyatiga ega boʻlgan gʻazaldir. Bobur gʻazallari orasida hayotga qaynoq mehr aks etgan, joʻshqin gʻazallar, afsus-nadomat ohanglari bilan toʻlgan gʻazallarni ham uchratish mumkin. NavDPI “Fizika va texnologik” taʼlim fakultetida Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi boʻyicha turli tadbirlar oʻtkazilib, talaba-yoshlar uning sheʼr hamda gʻazallarini ijro etishdi…

 

Taqdir yuki boshimga baloligʻ bӯldi,
Har neniki ayladim hatoligʻ bӯldi,
Oz yurtni qӯyib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qaroligʻ bӯldi.