loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi!», «korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzularida uchrashuv o‘tkazildi.

k»KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI!», «KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH» MAVZULARIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI.

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri muovini Y.Abdusoatov, NavDPI rektori B.Sobirov tomonlaridan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Bosh prokuror N. Yo‘ldoshevning «jinoyatga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish» to‘g‘risidagi taqdimnomasiga muvofiq, Matematika-informatika fakultetida institut Korrupsiyaga qarshi kurashish-«Komplayens» nazorati bo‘limi boshlig‘i A.Xoliqov, prorektorlar D. Ruziyev va X.Qurbonovlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, buning uchun jamiyatimizning har bir aʼzosi masʼul bo‘lishi va unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, yig‘ilish — institutda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi haqida hamda korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatga nisbatan munosabatni aniqlash maqsadida tashkil etildi.