loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutining odob-axloq kodeksi yuzasidan kengaytirilgan yigʼilish boʼlib oʼtdi.

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING ODOB-AXLOQ KODEKSI YUZASIDAN KENGAYTIRILGAN YIGʼILISH BOʼLIB OʼTDI.

Dastlab, institutimiz rektori Baxodir Sobirov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 28 yanvar kuni maktab taʼlimini rivojlantirish masalalariga bagʼishlangan videoselektorda ilgari surilgan masalalar, unda belgilangan asosiy vazifalar, topshiriq va takliflarga oʼzlarining munosabatlarini bildirib oʼtdilar. Oliy taʼlim tomonidan belgilangan vazifalarga tuxtalar ekan:
— Navoiy davlat pedagogika institutiga biriktirilgan maktablar, dastlab, maktabning 6% bitiruvchisi OTMlarga oʼqishga kirishgan boʼlsa, institut tomonidan oʼquv metodik yordam koʼrsatilganidan keyin, bitiruvchilarni OTMga kirish koʼrsatgichi 34%ga yetkazildi, deya taʼkidladi B.Sobirov. Shuningdek, mazkur vazifalar doirasida qilinajak ishlar koʼp ekanligi yigʼilishda aytildi.

Shundan soʼng, kun tartibidan oʼrin olgan masalalar yuzasidan prorektor Xurshid Qurbonov soʼzga chiqib, institutimizning yangi tahriridagi «odob-axloq qoidalari» boʼyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

Yigʼilish soʼngida professor-oʼqituvchilar tomonidan kun tartibidan oʼrin olgan masalalar boʼyicha fikr-mulohazalari tinglandi.