loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalarimizni muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan tabriklaymiz!

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Bozorova Shahnoza yana bir oltin medalni qoʻlga kiritdi. Joriy yilning 26-27-dekabr kunlari Kurash boʻyicha «Toshkent shahar prokurori kubogi – 2021» turnirida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Bozorova Shahnoza 1 oʻrinni egallab, 15 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu Shahnozaning dekabr oyida qoʻlga kiritgan uchinchi oltin medali. Bundan oldin Shaxnoza Prezident sovrini uchun xalqaro turnirda, shuningdek, milliy va xorijiy davlatlar talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro Kurash musobaqalarida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

«Voleybolchi» talabalarimiz xalqaro musobaqada faxrli oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bangladeshda Sportning voleybol turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida «Osiyo kubogi 2021» xalqaro musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari, Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Axtamov Sanjar, Murodullayev Jahongir, Shukurov Firdavslar munosib ishtirok etib, faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Talabalarimizni muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan tabriklaymiz!