loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Taʼlim sohasida eng yaxshi-2021» koʻrik-tanlovi g’oliblari

  Navoiy davlat pedagogika instituti oʻqituvchilari «Taʼlim sohasida eng yaxshi-2021» koʻrik-tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Qozogʻiston Respublikasida MDH davlatlari taʼlim muassasalarida faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Taʼlim sohasida eng yaxshi – 2021” maqolalar koʻrik-tanlovida ishtirok etgan Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, “Kelajak liderlari” klubi aʼzosi Nodirbek Umarov (Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalarini innovatsion rivojlantirishda integratsion aloqalar va innovatsion faollik) hamda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti oʻqituvchisi Gulsanam Norovalar (Zarafshon vohasi oʻzbek shevalarida dialektal koʻp maʼnoli soʻzlar) gʻoliblikni qoʻlga kiritib, “Eng yaxshi oʻqituvchi” koʻkrak medali bilan taqdirlandilar.

 Gʻoliblar va ularning ilmiy rahbarlari – professor Nigora Kulliyevna hamda professor Nodira Kulliyevnalarga institut rektori Bahodir Sobirov tomonidan samimiy tabrik bildirilib, Tashakkurnomalar topshirildi.