loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya» loyihasida institutimiz talabasi yoʻllanmaga ega boʻldi

   Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari “Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlarda munosib ishtirok etishdi. 17-19-dekabr kunlari forum doirasida Jizzax viloyati, Zomin oromgohida ”Biz birgamiz“ shiori ostidagi Respublika 3 volontyorlar forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu forumda NavDPI ”Humo“ volontyorlar jamoasi ham ishtirok etib, ”Eng yaxshi ijodkor“ viloyat nominatsiyasini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, jamoa aʼzolari tomonidan ishlab chiqilgan 3 ta loyiha hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi. Eng quvonarlisi shundaki, 3 ta loyiha ham Respublika boʻylab ishga tushishi alohida taʼkidlandi. «Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya» loyihasida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Fayzullayeva Zarina munosib ishtirok etib, forumda ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻldi.