loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Kelajak liderlari” forumi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan “Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021” hamda saloxiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilish maqsadida 16-18-dekabr kunlari “Kelajak liderlari” forumi oʻtkazilmoqda. Forum doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda “Kelajak liderlari” va “Yosh liderlar” klubi aʼzolari, Navoiy davlat pedagogika instituti zakovat jamoalari ishtirok etdi. Yakunda “Kelajak liderlari” klubining “Intellekt” jamoasi 1-oʻrinni,  “Liderlar” jamoasi 2-oʻrinni, “Yogʻdu” jamoasi 3-oʻrinni egalladi.