loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tyutor — talabalarga qanot

   Tyutor — talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, institut, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishiga koʻmaklashuvchi inson boʻlib, u yigit-qizlarni kasbga yoʻnaltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy toʻgaraklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini oʻrganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shugʻullanadi. Har bir tyutor oʻziga biriktilgan akademik guruhlarning darslarini, talaba davomatini va dars sifatining monitoringini olib borish maqsadida kuzatish, talabalarga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish, TTJga joylashishi uchun eʼlon berish va bu boradagi komissiya yigʻilishida talabaning ishtirokini taʼminlash,talabaga tavsifnoma va akademik taʼtil berish masalasini hal qilishda ishtirok etish, ularni ragʻbatlantirilishi yoki jazolanishi, turli stipendiyalarga tavsiya qilishda xulosa va fikrnoma berish huquqiga ega. Shuningdek, har bir tyutor talabalarning shaʼni va qadr-qimmatini, obroʻsini hurmat qilish, ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor boʻlish, oʻquv, maʼnaviy va ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, yigit-qizlarning darslarda ishtirokini nazorat qilish, yoshlarning ota-onalari va oʻzi bilan doimiy muloqot qilib borishga majburdir.

Navoiy davlat pedagogika institutida ham barcha fakultetlarida tyutor lavozimi joriy etilgan boʻlib, ular talabaning yanada rivoj topishi, oʻqishga boʻlgan qiziqishlari va ularni qiziqtirayotgan savollariga javob olishlari, shuningdek, qiynab kelayotgan muammolariga yechim boʻlish maqsadida ular bilan muntazzam suhbatlar olib borilmoqda. Shu bilan birga kelgusidagi ishlarni namunali tashkil qilish boʻyicha ham suhbatlar oʻtkazilib kelinmoqda.