loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“ZAKOVAT” intellektual oʻyinining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi

       Intellektual oʻyinlarda ishtirok etish koʻpchilikda bir zumda paydo boʻluvchi xohish va istak. Chunki biron qiziq savolni topib undan rohat tuygan
kishini, bu sohada ancha vaqt qolib ketishi tayin. Ayrim savollar oʻta bosiqlik bilan topiladi, ayrimlariga shiddat kerak. Yana qaysidur savol kuchli mulohazani talab qilsa, yana bir savolda tassavurni ishlatish samara beradi.Talaba yoshlar bilimlarini mustahkamlash va targʻibotni kuchaytirish maqsadida 3-noyabr kuni NavDPI “Fizika va texnologik taʼlim” fakultetida “ZAKOVAT” intellektual oʻyinining (birinchi bosqich talabalari oʻrtasida) saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Oʻyin davomida talabalarning qiziqishi shu darajada oshdiki, qoʻshimcha savollar berish boʻyicha koʻplab takliflar tushdi. Qiziqarli bahs munozaralarga boy boʻlgan oʻyinda, “Astronomlar” jamoasi gʻolib boʻldi. Bellashuvlarni doimiy tarzda oʻtkazib borish boʻyicha kelishib olindi.