loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha davra suhbati

   

     Joriy yilning 30-oktyabr kuni NavDPI “Chet tillar” fakulteti binosida joylashgan faollar zalida, “Fizika va texnologik taʼlim” hamda “Chet tillar” fakultetida oʻqiyotgan, Navoiy shahrining “Hosil” va “Gʻalaba” MFY hududlarida yashovchi talabalari ota-onalari hamda talabalarni ijara asosida xonadoniga qoʻygan fuqarolar ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar (Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, is gazidan himoyalanish va odob-axloq qoidalari toʻgʻrisida) boʻyicha mutaxassislar maʼlumot berishdi. Yoshlar ertamiz koʻzgusi, ularning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat taʼlim muassasalari, balki, ota-ona va mahalla ham masʼul etib belgilangan. Kelajagimiz yoshlarning qoʻlida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun barchamiz birdek harakatda boʻlmogʻimizni zamonning oʻzi talab qilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning oʻtgan 10 oyida Oʻzbekistonda gaz asbob-uskunalaridan notoʻgʻri foydalanish, gaz-havo aralashmasi bilan bogʻliq 21 ta holatda 51 kishi jarohatlangan va 15 kishi vafot etgan. Oʻrganishlar, tahlillar koʻrsatmoqdaki, bunga asosan fuqarolarning qoʻlbola isitish pechlari, gaz chiqib ketishi mumkin boʻlgan nosoz yoki rezina shilangli gaz uskunalaridan sovuqqonlik bilan foydalanishi sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va oʻz taʼsirini tobora kengroq koʻrsatmoqda. Bu esa oʻz navbatida yosh avlodga zamonaviy taʼlim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, maʼnaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda gʻoyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor berish lozimligini koʻrsatmoqda. Yosh avlodni past saviyadagi ommaviy madaniyat taʼsirlaridan, milliy oʻziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot boʻlgan gʻoyalar, sunʼiy  qadriyat va anʼanalardan, bir soʻz bilan aytganda, maʼnaviy tahdidlaridan asrash lozim.