loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Saylov — 2021: Kelajaging uchun ovoz ber”!

 Ana shunday targʻibot tadbiri bugun, 7-oktyabr kuni Yoshlar markazida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Sh.Djurayev, 5-Navoiy saylov okrugi raisi N.Isoqov, 5-Navoiy saylov okrugi aʼzosi, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov, 5-Navoiy saylov okrugi matbuot markazi rahbari T.Eshboyev, NavDPI prorektori X.Qurbonov ishtirok etdi.

“Saylov — 2021: Kelajaging uchun ovoz ber” yoshlar forumi doirasida “muloqot” tadbiri boʻlib oʻtdi.  Tadbirda institut talabalari faol ishtirok etib, saylov qonunchiligi va siyosiy yangiliklar toʻgʻrisida keng tushunchaga ega boʻldilar.