Har yili bahorning ilk kunida taniqli davlat va jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavallud kuni keng nishonlanadi. Institutning O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Zulfiyaxonim tavalludiga 109 yil to‘lishi munosabati bilan shoira ijodiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Zulfiya she’riyatining Adabiyotshunoslik va Tilshunoslik fanlarida hali tadqiq etilmagan badiiy va lingvistik xususiyatlari haqida gapirildi. Tadbir davomida shoiraning she’rlaridan namunalar ijro etildi.