Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi — muqaddas burch” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda faxriy jangchilar, Navoiy shahridagi harbiy qismlar xizmatchilari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov ochib, ishtirokchilarga institut rektori B.Sobirovning bayram tabrigini yetkazdi. Shuningdek, faxriylar tomonidan Vatanni asrash sharafi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shundan so‘ng tadbir badiiy chiqishlarga ulanib, talabalarning kuy-qo‘shiq va raqslari bilan davom etdi. Jarayon davomida Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar va xodimlar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Ⓜ️NavDPI Matbuot xizmati