loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Universitetga Akademik Bakriddin Zaripov tashrif buyurdi

13-noyabr kuni Navoiy davlat universitetiga Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Bakriddin Zaripov tashrif buyurdi. Universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov hamrohligida axborot-resurs markazi faoliyati tanishtirildi. Bakriddin Zaripov muallifligida chop etilgan kitoblar kutubxona fondiga taqdim etildi.

Axborot-resurs markazining umumiy fondi bugungi kunda 127 mingdan ziyod bosma nashr mahsulotlaridan iborat boʻlib, shundan 43200 donasi darslik oʻquv qoʻllanmalari, 49300 donadan koʻprogʻi badiiy adabiyotlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, audio va elektron adabiyotlar fondi mavjud.

Olim Bakriddin Zaripov 1948-yilda Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. 1965-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirib, 1970-yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Dastlab olim Oʻzbekiston Fanlari akademiyasining Fiziologiya institutida faoliyatini boshladi. 1975-yilda nomzodlik, 1985-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1975-1985-yillarda Sankt Peterburg shahridagi I.Pavlov nomidagi Fizologiya institutida stajyor, doktoranturani oʻtadi.

1990-yilda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylandi. 1985-yilda Jahon fizologiyalar jamiyatining akademigi (Stokgolm, Shvetsiya), 2003-yili Rim (Italiya) universitetining faxriy professori, 2004-yili Rossiya Fanlar akademiyasining I.Pavlov nomidagi oltin medaliga sazovor boʻldi. 2011-yili Janubiy Rossiya universitetining faxriy professori unvonini oldi. 2014-yilda Nyu-York Fanlar akademiyasining akademigi (AQSH) unvonlariga sazovor boʻldi.

Isteʼdodli olim oʻzining ilmiy pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi fiziologiya institutida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat agrar universitetlarida kafedra mudiri, dekan, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Prezident apparati tashkiliy kadrlar xizmati davlat maslahatchisining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Uning biologiya, qishloq xoʻjaligi fani sohasining nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan 400 dan ortiq monografiya, maqola, risola, oʻquv uslubiy qoʻllanmalari va ixtirolari bor.