loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Universitetda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

  Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir NDU Tarix fakulteti “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi, Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi, Navoiy shahar prokuraturasi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi hamkorligida tashkil etildi. Dastlab tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Tavakkal Choriyev boshlab, keyingi yillarda ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.

Jarayonda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig’i R.I. Xolmo‘minov, Navoiy shahar prokurori katta yordamchisi, 3-darajali yurist Sh.B.Ochilov va Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi D.A.Pardayeva O‘zbekiston Konstitutsiyasi va huquqiy sohalarga oid mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ma’ruzalarda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining bir qancha moddalariga sharx berildi. Shuningdek, tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan “Targ‘ibot poyezdi”ning maqsad va vazifalari haqida TDYU katta o‘qituvchisi A.N.Jo‘rayev va targ’ibotchi talabalar gapirib berdi. Shu bilan birga, Navoiy davlat universiteti talabalari o‘rtasida Konstitutsiya bilimdonini aniqlash borasida onlayn tanlov o‘tkazilib, shu joyning o‘zida tanlov g‘oliblari aniqlandi va turli sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Tadbir so’ngida professor-o’qituvchi va talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan o’zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob qildilar.