Navoiy davlat universitetida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan “Moliyaviy mustaqil universitet sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Navoiy davlat universitetida o‘quv jarayonlarini tashkil etish hamda hamkorlikda korxona, tashkilotlarda dual, professional, inklyuziv ta’limini joriy etish” mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda. Unda o‘quv jarayonida me’yoriy hujjatlar yuritilishi va qayta o‘qish jarayonlarini tashkil etish tartibiga alohida e’tibor qaratilyapti.
Jumladan,
— Inkluziv ta’limning xalqaro va milliy huquqiy-meyorlari. O‘zbekistonda alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan talabalar ta’lim-tarbiyasi farovonligiga qaratilgan chora-tadbirlar. Alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan talabalarni oliy ta’limga uyg‘unlashtirish asoslari. Inklyuziv ta’limning mazmuni va mohiyati. Onlayn hamda oflayn shakllarda Zoom ilovasi hamda Youtube videoxosting orqali shuningdek, oflayn mashg‘ulotlar esa mk.bimm.uz platformasida shaxsiy login va parol orqali 36 soatlik qisqa muddatli masofaviy o’qish va kursga ishtirok etish;
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabrdagi “Navoiy davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” PQ-378-son hamda 2024-yil 12-dekabrdagi “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 430-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 31-oktabrdagi PQ-378-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 413-son, Navoiy davlat universiteti rektorining 362-, 363 va 371-son AFO buyruqlari xususida. Ushbu normativ-me’yoriy hujjatlar bo‘yicha fakultet jamoasi tomonidan bajariladigan ishlar;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabr “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholashdagi norozilik bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida”gi 451-son hamda “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-son buyrug‘lari haqida va ushbu buyrug‘lar asosida professor-o‘qituvchilarining bajariladigan ishlari;
— Hemis, UzAsbo 2, Billing axborot tizimlari hamda ushbu tizimlarining integratsiyasi;
— “Web of Science”, “Scopus” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan batafsil so‘z yuritilmoqda.
Tashkil etilayotgan amaliy darslarda fakultet dekanlari, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishirok etmoqda.
Ushbu o‘quv mashg’ulotlari 3-yanvardan 7-yanvargacha belgilangan grafik asosida bo‘lib o‘tadi.