loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Universitet huzuridagi “Til oʻrgatish markazi” faoliyati oʻrganildi

Navoiy davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori T.Choriyev hamda oliygoh mas’ullari Tomdi tumanidagi “Til oʻrgatish markazi”da bo‘lib, faoliyatini o‘rganishdi. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, markazni takomillashtirish va samarali faoliyat yuritishi uchun maqsadli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha markaz direktoriga kerakli maslahatlar, takliflar berildi.

Shuningdek, tumandagi maktab-internati o‘rganilib, maktab o‘quvchilari bilan suhbat qilindi. Ularga ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.

Tomdi tumanidagi “Til oʻrgatish markazi” 2019-yilda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etillgan. Ushbu markaz Tomdi maktab-internati binosi (sobiq Tomdi agroiqtisodiyot kolleji)da joylashgan hamda uning moddiy texnik bazasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” hisobidan, Tomdi tumanining yoshlarini bepul oʻqitish Navoiy davlat pedagogika institutining byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda “Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” hisobidan moliyalashtirilgan. Markazga ingliz tili fanidan 7 ta nomdagi 56 nusxa, rus tilidan 11 ta nomdagi 78 nusxada adabiyotlar Navoiy davlat universiteti tomonidan ajratilgan.