Karmana — Buxoro yo‘lida — bugunda qayta tiklangan qadimiy karvon yo‘li bo‘yida Raboti Malik (Shoh Raboti) karvonsaroyi joylashgan. U XI asrning 70-yillarida Qoraxoniylardan bo‘lmish Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim tomonidan qurilgan bo‘lib, XII asrning birinchi choragida yana shu Qoraxoniylardan bo‘lmish Arslonxon Muhammad Ibn Sulaymon tomonidan ta’mirlangan. Arxeologik tadqiqotlar paytida bu noyob binoning murakkab tuzilishi aniqlandi. U 100×100 m maydonni egallagan bo‘lib, mustahkam devorlar bilan o‘ralgan va ikki qismga bo‘lingan.
Sardoba suv manbasining aylana devori yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, unda muzday toza suv butun yoz bo‘yi saqlangan. XVI asrdagi mualliflardan biri Raboti Malik sardobasining suvini makkadagi laziz zamzam suviga qiyoslaydi. NavDU “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari ishtiroki ushbu tarixiy obidalarga sayohat uyushtirildi. «Barcha tarixiy obidalar, yodgorliklar xalqimizning milliy boyligidir. Buyuk sohibqiron Amir Temur ham «Bizning kimligimizni bilmoqchi bo’lsang, qurgan imoratlarga boq» – deb bejiz aytmagan. Shuning uchun tarixiy, ilmiy, badiiy va o’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan ayrim imoratlar, binolar, diqqatga sazovar joylarni asrab-avaylash, har bir imonli va vijdonli kishining burchidir. Horijiy sayyohlar bizning yurtimizga tarixiy yodgorliklarni, ma’naviy-madaniy ob’yektlarni, merosimizni, o’ziga xos milliy binolarimizni ko’rish uchun sayohatga keladi. Bugungi sayohat yoshlarimizga katta ta’surot qoldirdi. Ajdodlarimiz qurdirgan bu kabi tarixiy obidalarni har bir yosh avlod o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi va kelgusi avlod uchun asrab avaylashda o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim.