Navoiy davlat pedagogika instituti, “Texnologik ta’lim” kafedrasi 2021-yil sentyabr oyida tashkil etildi. Kafedrada 9 nafar professor-o‛qituvchi faoliyat olib bormoqda, shundan, 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 3 nafar o‘qituvchi. Kafedrada professor-o‛qituvchilar tomonidan reja asosida darsliklar, o‛quv qo‛llanmalar va o‛quv-uslubiy qo‛llanmalar, maqolalar chop etilmoqda. Kafedraga 2021-yil 4-oktyabr oyidan boshlab p.f.b.f.d. (PhD) dotsent Sh.B. Ochilov rahbarlik qilmoqda. 2023-2024-o’quv yilida 70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo’yicha magistratura ochildi.
Sunggi ikki yil ichida Texnologik ta’lim kafedrasiga qarashli 60112300-Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari “Texnologiya ta’limi praktikumi” fani va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari” fani laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun 10 dona tikuv mashinasi 5 dona overlok va 4 dona dazmol “Islom taraqqiyot banki” hisobidan olib kelindi. “Metall va matallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi” fani va “Materialshunoslik va konstruksion materiallar” fani “Metallarni kesish ishlash, kesuvchi asbob va stanoklar” lari uchun “Islom taraqqiyot banki” hisobidan 4 dona metallarga ishlov beruvchi stanoklar va 5 dona yog’ochga ishlov beruvchi stanoklar va bir qancha kichik asbob va uskunalar olib kelindi. “Robototexnika asoslari” fanidan yangi zamonaviy “Arduino” jamlanmasi olib kelindi. Ushbu qurilmalarning barchasi zamonaviy texnologiyalar hisoblanib dars mashg’ulotlarida unumli foydalanib kelinmoqda.
Kafedra professor o’qituvchilar 2021-yildan buyon qayidagi adabiyotlar kafedra professor-o’qituvchilari hammuallifligida chop etib kelinmoqda. O.E.Eshniyozov, P.X.Bobomirzayev, Z.R.Bobokulov, Sh.B.Ochilovlar tomonida “Qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi” nomli o’quv qo’llanma, O.X.Ataullayev, B.Nematov, Sh.B.Ochilovlar tomonidan “Texnik mexanika fanidan laboratoriya ishlari” nomli o’quv qo’llanma, O.X.Ataullayev tomonidan “Гидравлика және гидромашиналар пәнінен зертханалық жұмыстар” nomli darsligi, O.X.Ataullayevning “Gidravlika va gidromashinalar fanidan misol va masalalar” nomli o’quv qo’llanma, Sh.B. Ochilov, A.A.Sharipovlar tomonida “Texnologiya taʼlimi metodikasi” (Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish) nomli o’quv qo’llanma, O.X.Ataullayev tomonidan “Gidrovlika va gidromashinalar” nomli o’quv qo’llanma, F.B.Mardonova tomonidan “Mexatronika va avtomatlashtirilgan tizimlar” nomli darslik, Yu.I.Mavlonova tomonidan “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli o’quv qo’llanma, I.R. Kamolov, B.T.Bisenova, B.F. Izbosarov, G.I.Kuralova, X.K.Artiqov, A.B.Oralbayevlar tomonidan “Жалпы физика” (Молекулалық физика) nomli darsligi, B. Nematov, Sh.B. Ochilov, A.A.Sharipov, S.T.Usmonovalar tomonidan “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” nomli o’quv qo’llanmasi, SH.B.Ochilov, B.R.Zaripov, M.S. Shamsiyevlar tomonidan “Qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi” nomli darsligi chop etilgan. Ushbu adabiyotlar institut “Axborot resurs markazi”ga topshirilgan. 60112300 – Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari va o’qituvchilari dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarida foydalanib kelmoqda.
2024-yil Ataullayev Odil Xasanovich “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtososligi bo’yicha professorlik diplomini oldi.
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari rejasi tuzib olingan va shu reja asosida amalga oshirilmoqda. “Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi A.A.Sharipov p.f.b.f.d. (PhD), dotsent Sh.B.Ochilov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) ixtisosligi bo‘yicha “Integrativ yondashuv asosida umumta‘lim maktabi o‘quvchilarini intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi (Texnologiya fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
“Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Yu.I.Mavlonova p.f.d., akademik. X.I.Ibragimov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) iqtisosligi bo’yicha «Texnologiya darslarida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini axborot texnologiyalari» yordamida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Texnologiya fani misolida)» mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. “Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi M.S.Shamsiyev dots. Sh.B. Ochilov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) iqtisosligi bo’yicha “Umumta’lim maktab o’quvchilariga bog’dorchilik ekinlarini tomchilatib sug’orish texnologioyasini o’qitish metodikasi” (Texnologiya fani misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi S.N.Hamroyeva prof. B.F.Izbosarov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) iqtisosligi bo’yicha “Bo’lajak fizika fani o’qituvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini STEM ta’lim dasturi asosida rivojlantirish” (Pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Bakalavriat:
Magistiratura:
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.