Musiqa ta’limi kafedrasi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi
60110100 – Pedagogika
60111300 – Musiqa ta’limi
60111200 -Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60112400 – Professional taʼlim: vokal sanʼati (turlari boʻyicha)
60112400 – Professional taʼlim: cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)
60112400 – Professional taʼlim: rangtasvir (turlari boʻyicha)
60112400 – Professional taʼlim: dizayn (turlari boʻyicha)
70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
70111301 – Musiqa ta’limi va san’at
70111201 – Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati
Fakultet binosining umumiy sig‘imi 1025 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 39 ta.
Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 20 ga yaqin kompyuter, (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproektor, 3 ta elektron doska, mavjud.
Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud.
Fakultetning 2023 yilda bitiruvchi kurs talabalari kunduzgilar 488 nafar sirtqi 51 nafar, magistrlar 71 nafarnini tashkil etadi.
Pedagogika va psixologiya kafedrasidan ilmiy tadqiqot mavzulari tasdiqlanib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kafedra katta o‘qituvchisi D.X. Umirzoqovning, 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Milliy mansublikning etnopsixologik xususiyatlari (turli millat vakillarining ilk o‘spirinlari misolida” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi (ilmiy maslahatchi p.f.d, professor. V.Karimova).
Kafedra o‘qituvchisi D.U.Numonovaning, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa. ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ayollar ma’suliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. (ilmiy maslahatchi f.f.d, professor.N.O.Safarova).
Kafedra katta o‘qituvchisi F.T.Hamidovaning 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim tizimini boshqarishni monitoringini strategiyalash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy maslahatchi p.f.d, professor.SH.Abdullaeva). 2024 yilning 1-choragida himoya qilish rejalashtirilgan.
Kafedra katta o‘qituvchisi M.M. Raupovaning, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktabgacha yoshidagi bolalarda huquqiy ongni modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi. (ilmiy rahbari p.f.d., prof. B.X.Xodjaev),
Kafedra o‘qituvchisi O.Ikromovning, 19.00.06.-YOsh va pedagogik psixologiyasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitida individual-tipologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari dots., G‘.A. Normurodov) himoya qilish 2024 yilga rejalashtirilgan.
Kafedra o‘qituvchisi D.Usmonovaning 13.00.03-Maxsus pedagogika ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari dots., D.A.Axatova) himoya qilish 2024 yilga rejalashtirilgan.
Kafedrasi o‘qituvchisi F.Radjabovaning 19.00.01. Umumiy psixologiya. Kasb psixologiyasi. Psixologiya tarixi. Ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘spirinlik yoshida shaxsda liderlik sifatlarini shakllantiruvchi motivatsion-qadriyatli determinantlar” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi (ilmiy rahbari dots., M.I.Salahutdinova) institutning Kengashida muhokama va tasdiqdan o`tgan va OAKga topshirilgan.
Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi SH.M.Majitov 13.00.02. –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol usullar asosida bolalarni musiqiy bilimlarini shakllantirishda multimediyalarning ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari. s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy) himoya qilish 2024 yilga rejalashtirilgan.
Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi SH.Jalilov 17.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘zbek folklor musiqasi etnogenezi va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari, s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy) himoya qilish 2024 yilga rejalashtirilgan.
Musiqiy ta’lim kafedra o‘qituvchisi A.Ergashevning 09.00.07. Ijtimoiy falsafa ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Tasavvuf falsafasida samo va uning estetik tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiyasini (ilmiy rahbari f.f.d, professor.N.O.Safarova) ) himoya qilish 2024 yilga rejalashtirilgan.
Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.S.Ochilovning 13.00.01.- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Musiqa savodxonligi faoliyatida multimediya vositalaridan foydalanish texnologiyasi “Umumta’lim maktablari o’quvchilarining musiqa savodxonligi faoliyatida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish”” mavzusidagi dissertatsiya (ilmiy rahbari, PhD. SH.N.Mustafaev) OAK Byulettinida elon qilingan 2024 yil himoya qilish rejalashtirilgan.
Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi B.U.Toshmurodovning 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘quvchilarda ijtimoiy axloqiy me’yorlarni milliy etiket odatlari asosida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiyasini (ilmiy rahbari, PhD. SH.N.Mustafaev) 2024 yil himoya qilish rejalashtirilgan.
Musiqiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi O.A.Hayitovning 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarida xor dirijorligiga oid amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi dissertatsiyasi (ilmiy rahbari, PhD. SH.N.Mustafaev,) 2024 yil himoya qilish rejalashtirilgan.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi S.A.SHavdirov 13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligi “O‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish” (ilmiy rah dots, A.Sulaymanov) mavzusidagi dissertatsiyasini 2022 himoya qildi.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.
Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 110 dan ortiq maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari “Axborot” soatini namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.
1. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi Dizayin yo’nalishi 2-kurs talabasi Ne’matova Tursuntosh Alisher qizi
2. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi Dizayin yo’nalishi 2-kurs talabasi Mavlonova Saidabonu Nurbahordirali qizi
3. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi 2-kurs talabasi Jo’rayeva O’g’iloy Kengash qizi
4. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi Rangtasvir (dastgohli) ta`lim yo`nalishi 3-kurs talabasi G`offorova Dilnura Narzillo qizi
5. “Musiqa ta’limi” kafedrasi “Cholg’u ichrochiligi” ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Sohibova Dilnura Dilshod qizi.
6. .“Musiqa ta’limi” kafedrasi “Musiqiy ta`lim” yo’nalishi 2-kurs talabasi Tulayev Shaxboz Jamshid o’g’li.
7. “Musiqa ta’limi” kafedrasi “Cholg’u ijrochiligi” yo’nalishi 4-kurs talabasi Murodullayev Azizjon Abdullo o’g’li.
8. “Musiqa ta’limi va san’at” yo’nalishi 1-bosqich magistranti Bekboyev Zafar Zavqiddin o’g’li.
9. “Musiqa ta’limi” kafedrasi “Vokal san’ati” yo’nalishi 3-kurs talabasi Xolmurodova Setora Normuminovna
Quyida familiyalari keltirilgan iqtidorli talabalar viloyat va respublika miqiyosida o’tkazilayotgan tanlovlarda, tadbirlarda va ilmiy konferensiyalarga faol qatnashib kelmoqdalar.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.