60110800 – Ona tili va adabiyoti: rus tili
60110800 – Ona tili va adabiyoti: qozoq tili
60111701 – O’zga tilli guruhlarda rus tili
70110801 – Ona tili va adabiyoti: rus tili
Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 2021-yilda “Chet tillar” fakulteti negizida tashkil etilgan boʻlib, institutdagi eng faol va oʻz oʻrniga ega fakultetlardan biri hisoblanadi. 2022-yil 5 noyabrdan boshlab Chet tillar fakulteti “Rus va qozoq filologiyasi” fakulteti deb nomlanadi. Rus va qozoq filologiyasi fakulteti dotsent, D.M. Shamsiyeva boshaqarib kelmoqda.
Fakultet binosining umumiy sig‘imi 400 o‘rinli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalari soni 12 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning zamonaviy texnik, vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 4 ta videoproektor, 4 ta elektron doska mavjud. Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud.
Ilmiy-tadqiqot mavzularini tasdiqlangan professor-o‘qituvchilar.
1.Oxirgi besh yillikda Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan D.M.Shamsiyeva, N.M Ibragimova, M.G. Aripova, Z.M.Ruziyeva, F.B.Mardonova, Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi L.Berdimuratovalar falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qildilar. 2023 yilda Rus tili va adabiyoti dotsenti A.X.Raxmanova doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2.Hozirgi kunda fakultetda 36 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 1 nafar professor, 9 nafar dotsent ilmiy unvoniga ega. Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda 2 ta darslik, 17 ta o`quv va o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 8 ta monografiya, shuningdek 87 dan ortiq xorijiy maqolalar, OAK e’tirof etgan mahalliy jurnallarda 58 dan ortiq maqolalar chop etilgan.
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida tyutor-murabbiylar tomonidan “Axborot va murabbiylik” soatlarini namunali tashkil etilgan.Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuniga, “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, “14 yanvar vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” bayramiga, Ota-onalar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlar, Navoiy viloyati va shahri IIB xodimlari bilan muntazam hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid”, “Korrupsiyasiz-ta’lim”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Sog‘lom – turmush tarziga amal qilaylik”, “Giyohvandlik umr-zavoli”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Talabalar teatri” sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.
Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetda, kitobxonlikni targ‘ib qilish, kompyuter texnalogiyalaridan keng foydalanish, sport, musiqa va san’atning boshqa turlaridan keng foydalangan holda turli xil tanlovlar, tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Hozirda fakultetda 1027 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 87 nafari talabalar turar joyida yashaydi, 356 nafari ijarada yashaydi, 543 nafari o‘z uyida, 41 nafari qarindoshinikida istiqomat qiladi. Rus va qozoq filologiyasi fakultetida 1 nafar chet el fuqarolari ham tahsil oladilar, Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan.
Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan. Rus va qozoq filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit va tartib intizom yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.