Kafedra bugun:
O’zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyati bilan bevosita aloqalari rivojlanayotgan hozirgi davrda buyuk kelajagimizning davomchilari bo’lmish yosh avlodga, jumladan, oliy ta’lim muassasasi talabalariga matematika fanidan bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning bilish faolligini oshirish , buning uchun matematika fani o’qituvchilari malakasini ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oshirish vazifasi qo’yildi.
“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi tarixi
“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi 1986 yilda “Fizkia,UTF va Mehnat” kafedrasi bazasida tashkil qilingan bo’lib, unga 1986 – 1998 yillarda f.m.f.n.A.K.Qutbedinov, 1998 – 2004 yillarda t.f.n.O.R.Ochilov, 2004 – 2011 yillarda f.m.f.n,dots.A.A.Axmedov, 2011 – 2018 yillarda f.-m.f.n. A.M.Karimov rahbarlik qilishgan. 2018 yildan boshlab kafedrani P.f.d, (DSc), professor A.A. Axmedov boshqarmoqda.
Kafedrada jami 28 ta a’zo bo’lib, shundan 8 nafari f.-m.f.n,dotsent, 1 nafari PhD, 6 nafari katta o’qituvchi va 13 nafari o’qituvchilardir. Kafedra a’zolari “Pedagogika oliy o`quv yurtlarida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” asosida “Fizika o`qitishning takomillashtirishning ilmiy metodik asoslari ” mavzusida ilmiy metodik ish olib bormoqdalar. Ilmiy – metodik ishlar natijasi keyingi uch yilda chop etilgan 100 dan ortiq maqola, tezislar hamda 6 dan ortiq uslubiy qo’llanmalarda o’z aksini topgan.
Kafedramizning o’qituvchisi Bekpo`latov U.R. “Simmetriya va assimetriya(Zamonaviy falsafiy tahlil)” mavzularidagi dissertatsiya ishlarini himoya qilib,PhD darajasini oldi.Ayni vaqtda kafedraning o`qituvchilaridan ikki nafari, Kamolova Dilnavoz va Sayfullayeva Gulhayolar Toshkent Davlat Texnika Universiteti qoshidagi Fan va Taraqqiyot DUK da 01.04.06.(Kompozitsion materiallar) va 02.01.00 “Polimerlar fizikasi”mutaxasisligi bo`yicha tahsil olmoqda. Hozirgi kunda kafedraning katta o`qituvchisi Toshpo`latova.Sh.O “O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish(Fizika fani misolida) ”mavzuyidagi dissertatsiyasi himoyasi aravasida turibdi(OAK web saytining 2019-yil 2-apreldagi himoya haqidagi e`loni)
Kafedrada dots.Axmedov A.A. rahbarligida “Bo`lajak fizika o`qituvchilarining eksprimental kompitentligini shakllantirish” mavzusida ilmiy seminar tashkil qilingan.
Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy hamda tadbirkorlik ishlarini talab darajasida amalga oshirish maqsadida kafedrada quyidagi professor-o`qituvchilar o’zlarining mehnatlarini ayamasdan ishlab kelmoqdalar.dotsentlar: A.A.Axmedov, I.R.Kamolov, B.F.Izbosarov, A.K.Qutbedinov, E.N.Xudoyberdiyev, A.M.Karimov, O.H.Atoullayev, K.M.Yuldashev, PhD U.R.Bekpo`latov, katta o`qituvchilar: E.Qudratov,B.Bisenova, Sh.Toshpo`latova, Sh.Ochilov, B.Xushvaqtov, o`qituvchilar: H.Artiqov, I.Toshev, Kanatbayev.S, A.Sattorov, O.Karimova, D.Xolov, G.Sayfullayeva, S.Hamroyeva. Yu.Mavlonova, A.Sh.Xalilov, Turdiyev, T.Soliyevlar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Kafedraning yetakchi mutaxassislari talabalarning dunyoqarashini o`stirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, dunyoviy ilmlar bilan qurollanishga o`zlarining munosib ulushlarini qo`shish bilan cheklanib qolmasdan, kafedraning yosh o`qituvchilariga yaqindan ilmiy, uslubiy va amaliy yordam ko`rsatib kelishmoqda.
Kafedra hozirgi kunda Respublikamizning yetakchi oliy o’quv yurtlaridan Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand Davlat Universiteti, Buxoro davlat universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o`rnatgan. Kafedra a’zolarining safi yosh, iqtidorli, ilmga chanqoq magistrlar bilan kengayib bormoqda. Kafedra katta o`qituvchilari: Abdullayev Jalil Malikovich, o`qituvchi:Toshev Ixtiyor Izzatovichlar ikki oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab qaytdilar. Hozirgi vaqtda o`qituvchi Kanatbayev Sagidat mart-aprel oyida malaka oshirmoqda.Kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik dasturi asosida viloyatimizning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan shartnomalar tuzib shu asosda seminar-treninglar, “Mahorat maktablari” tashkil qilib kelmoqdalar. Bunday hamkorlik albatta o’z samarasini bermay qolmaydi.
Bakalavriat
Magistratura
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.