loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FIZIKA-TEXNOLOGIYA FAKULTETI

F.I.O.Kamolov Ixtiyor Ramazonovich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonit.f.n. professor
Telefon+998 79 225-38-35
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Kanatbayev Sagidat Saduovich
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-38-35, +99897 228-09-56
E-mailkanatbayev_sgd@umail.uz
F.I.O.Shamsiyev Mahkam Sultonovich
LavozimiYoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-38-35
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

1. Fizika va astronomiya kafedrasi
2.Texnologik ta’lim kafedrasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60110700 – Fizika va astronomiya
60111300 – Texnologik ta’lim
60530500 – Fizika
60530700 – Astronomiya

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70530510 – Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)
70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim)

Professor - o`qituvchilar soni33
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR7
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR13
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR13
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT62%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultet 2021 yil 21 sentabrda tashkil etildi. Fakultet tarkibida Fizika va astronomiya hamda Texnologik ta’lim kafedralari mavjud. Professor-o’qituvchilar soni 33 nafar. Shundan 20 nafari ilmiy salohiyatga ega, ya’ni 62%. Fakultet binosining umumiy sig‘imi 720 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 20 ta.

Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari yetarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, 24 ta planshet va 1 ta noutbuk (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproyektor, 6 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.

2018 yil dekabr va 2019 yilning yanvar oyida davlat dasturi asosida fizika laboratoriya xonalari 192000 evrolik laboratoriya jihozlari Germaniyadan olib kelingan. Jihozlar 2 ta yangi laboratoriya xonalariga o‘rnatilgan. Laboratoriyalar soni 39 ta. Shuningdek, 2023 va 2024 yillarda Texnologik ta’lim kafedrasi uchun ISLOM TARAQQIYOT BANKI tomonidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” va “Texnologiya praktikumi” fanlaridan laboratoriya jihozlari berildi

Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019 yilda Fizika-astronomiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.Izbosarov, I.Kamolov, B.Bisenova, D.Kamolova va S.Kanatbaevlar tomonidan  3ta darslik, B.Xushvaqtov va Sh.B. Ochilovlar tomonidan bittadan o‘quv qo‘llanma, 2020 yilda A.K.Qutbedinov, Sh.O.Toshpo’latova, N.Azzamovalar tomonidan 1ta o‘quv qo‘llanma, 2021 yilda A.K.Qutbedinov, Sh.O.Toshpo’latova, I.Kamolovlar tomonidan 1ta darslik, Sh.O.Toshpo’latova va G.Kuralovalar tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, B.Izbosarov, I.Kamolov, A.A.Axmedov, D.Kamolova, G.I.Sayfullayeva, Yu.I.Mavlonovalar tomonidan 2 ta o’quv qo’llanma yaratilgan.2022 yilda ham kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 6 ta darslik va 4 ta o’quv qo’llanma yaratildi. 2023 yilda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 8 ta darslik va 6 ta o’quv qo’llanma yaratildi.2024 yilda esa fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 7 ta darslik va 5 ta o’quv qo’llanma yaratildi. Shundan 2 ta darslik xorijiy hamkorlar bilan hammualliflikda yaratilgan.

Fakultetning 2021-2022- o’quv yilida bitiruvchi kurs talabalari 110 nafar, 2022/23-o’quv yilida 134 nafar, 2023/24-o’quv yilida 202 nafar bo’lib, shundan 4 va 5 baholarda o’qiyotgan  talabalarga bitiruv malakaviy ishi bajartirilgan. Hozirgi 2024/25-o’quv yilida 40 nafar talabalar BMI uchun amaliy ishlarini bajarmoqdalar, pedagogik amaliyotda bitiruv malakaviy ishlarini tugatib, tajriba sinov ishlarini amalga oshirishda davom etadilar.

2025 yilda Texnologik ta’lim kafedrasi moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan laboratoriya jihozlari olib kelinishi rejalashtirilgan.

  1. Axmedov A.A., Kamolova D. I.lar tomonidan 2022 yilda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish duchun issertatsiyalar himoya qilindi. 2022 yilda Qutbedinov A.K. “professor” ilmniy unvonini oldi. Shuningdek, 2023 yilda Xalilov Sh.E. tomonidan fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori va Samandarov L.Q. tomonidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2023 yilda Ochilov Sh.B., Xushvaqtov B.N., Sayfullayeva G.I.lar “dotsent” ilmiy unvonini olishdi.
  2. 2023 yil mayda fakultetda “Birinchi renessans: Abu Rayhon Beruniy va tabiiy fanlarning rivoojlanishi” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2023 yil oktabrda esa “Fizika fanini pedagogik va axborot texnologiyalari muhitida o’qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
  3. 2024 yil aprelda fakultetda “Fizika fanini pedagogik va axborot texnologiyalari muhitida o’qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi. 4.  2024 yilda T.I.Soliyev  texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori  ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qildi.

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, universitet yoshlar  ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida gurux tyutorlari hafta kunlari  davomida “Ma’rifat soatit” mashg‘ulotlarini namunali tashkil etib kelishmoqda. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan bo‘lib  talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib kelishmoqda.
Hozirda fakultetda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim yo’nalishlarda 1094 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 56 nafari talabalar yotoqxonasida yashaydi, 225 nafari ijara va yaqin qarindoshlari uyida yashaydi, qolganlari o‘z uyida istiqomat qiladi. Universitet  ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan. Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari va ularni o‘rganish bo‘yicha albomlar tayyorlanib, universitet “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim etib borilmoqda.

T/r FISH Ta’lim yo‘nalishi Kursi va guruhi
1 Ravshanova Saodat Dilshodovna Fizika va astronomiya 1-kurs magistr FIZ-22-M
2 Mirzaqandova Sohibjamol Xolmo‘min qizi Fizika va astronomiya 4-kurs 101-19-A-FAO’M
3 Ibragimova Nigora Qobilovna Fizika va astronomiya 4-kurs 101-19-A-FAO’M
4 Ergasheva Durdona Otabekovna Texnologik ta’lim 4-kurs 106-19-G-TT
5 Otabekova Bonu Otabek qizi Texnologik ta’lim 4-kurs 106-19-G-TT
6 Hamidova Sarvinoz Ochil qizi Fizika va astronomiya 3-kurs 101-20-A-FA
7 Namozova Nilufar  To‘xtamurodovna Fizika va astronomiya 3-kurs 101-20-A-FA
8 Bekniyozov Sarvar Qudratovich Fizika va astronomiya 3-kurs 101-20-A-FA
9 Rashidova Nilufar Normurod qizi Texnologik ta’lim 3-kurs 105-20-A-TT
10 O’rinova Oysha  Dilmurod qizi Texnologik ta’lim 2-kurs 101-21-A-FA
11 Boltayeva Munira  Shavkat qizi Texnologik ta’lim 3-kurs 105-20-A-TT
12 Egamova Fotima Izzatullo qizi Fizika va astronomiya 3-kurs 105-20-D-TT
     

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Kechki guruhlarda

Fakultet yangiliklari