loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi

F.I.ORaximov Farrux Akbaraliyevich
LavozimiRaqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i
Telefon+998 93 435 30 04
E-mailnavdpi@mail.uz

Raqamli talim texnologiyalari markazining (RTTM) tasarrufida Raqamli talim texnologiyalarini joriy etish, Tarmoqlarni boshqarish, Texnik qo‘llab quvvatlash, Axborot havfsizligini ta’minlash bo‘limlari faoliyat olib boradi.

Markazning asosiy vazifasi universitet o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz universitet o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi. Universitet axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Universitetga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. Universitetga yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi. Universitetga tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

Markazning faoliyati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi PF-3080- son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlash-tirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikasiya texnologiya-larini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil  2-iyundagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PK-91-sonli Qarori, 2005- yil 8-iyuldagi  PK-117-sonli “Axborot – kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2005-yil 28-sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog`ini tashkil etish to’g’risida”gi PK-191-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli Qarori hamda vazirlikning buyruqlari va Hay’at qarorlarida belgilangan vazifalari bajarishga qaratilgan. Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining  2021-yil 24-avgustda 360-sonli AFO buyrug’iga asosan Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi nomi o’zgartirilganligi tasdiqlandi. O’abekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2021-yil 12-mayda 2859-3-sonli ro’yxatdan o’tgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabr PQ-378 qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini (keyingi o’rinlarda -Universitet) tashkil etish to’g’risidagi taklif ma’qullandi.

Markazda universitet bo’yicha qurilgan ichki tarmoqqa ulangan hamda mavjud ma’lumotlar bazasidagi axborotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, markaz zamonaviy axborot –kommunikatsion  texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash bo’yicha professor – o’qituvchilarga doimiy metodik yordam ko’rsatadi. Markaz o’quv adabiyotlarining elektron variantlarini yaratish, tarjima qilish va bir grafikadan ikkinchi grafikaga o`tkazishda professor – o’qituvchilar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

Markaz quydagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • Universitetda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;
  • Universitetda lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;
  • ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o`tishni ta`minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va institutning barcha kafedralar va dekanat tizimlarida joriy etish;
  • Universitetning markazlashgan elektron ma`lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash;
  • axborot xizmatini tashkil etish, institut rektori tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
  • Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha institut rektoriga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;
  • iUniversitetning rasmiy veb sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;
  • Universitet tizimining ichki va tashqi aloqalarini mustahkamlash hamda kengaytirishga xizmat qilish;
  • Universitetda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
  • talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;
  • ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
  • o‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;
  • jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;
  • yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.