Uchrashuvda A.Muqimov yoshlarning aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish, mamlakatimiz va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlari va ommaviy-axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish, maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar oʻtkazish bo‘yicha talabalarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
— Ma’naviyat va ma’rifat avvalo ilm maskanlari va mahalladan, oilalardan boshlanadi. Agar biz tarbiya, qadriyatlar qadrini oshirish, an’analarni saqlashni maqsad qilsak, albatta, o‘quv muassasalari targ‘ibot joyimizga, yoshlar kelajagiga e’tibor – asosiy ishimiz, maqsadimizga aylanishi shart, – dedi Navoiy viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi boshlig‘i A.Muqimov Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetlari yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.