Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan 2022- yilning 13 -aprel kuni Navoiy viloyati «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to’g’risida»gi PF-60- sonli farmoniga asosan «Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik muhitini mustaxkamlash» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Chet tillar fakulteti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti yo’nalishi talaba-yoshlari o’zlarining milliy kiyimlari bilan faol qatnashdilar. Tadbirda shuningdek, Chet tillar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari va fakultet tyutorlari tadbirda ishtirok etishdi. Rus milliy madaniy markazi, Qozoq milliy markazi, Qoraqalpoq milliy markazi,Tatar milliy markazlari vakillari o’zlarining milliy kiyim, urf-odatlari, an’analari aks etgan eksponatlar va kiyimlari bilan tadbirga kelgan mehmonlarga o’zlarining kuy va qo’shiqlarini jonli ijroda aytdilar.