Bundan roppa-rosa 33 yil avval mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Vatanimiz bayrog‘i — nafaqat davlatimiz ramzi, balki o‘tmishimiz hamda bugun va ertamizning yorqin ifodasi, g‘urur va iftixorimiz, xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, mustahkam ishonch va milliy-madaniy ananalarimizni ifodalovchi muqaddas timsoldir.Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. Vatanimiz farzandlari qayerda bo‘lmasinlar, qanday natijalarga erishmasinlar O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarka ko‘tarib, ardoqlaydilar. Bayroq ezgulik va tinchlik ramzidir!
Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida tarix fakulteti o‘qituvchisi A.Egamberdiyeva bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz-g‘ururimiz, orimiz” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida 130 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi. Hamda o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar.
Tarixiy qadriyatlar asosida yaratilgan va o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo‘lgan Davlatimiz bayrog‘ida biz ona suti, uning beshik kuylari va buyuk ajdodlar ta’limoti bilan singdirgan ulkan milliy kuch, yuksak aql va iroda timsolidir dedi… NavDU tarix fakulteti o‘qituvchisi A.Egamberdiyeva.