loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI

F.I.O.Raximov Otabek Davlatovich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonidotsent
Telefon+998 99 750 39 04
E-mailotabekraximov8407@mail.ru
F.I.O.Raupova Munira Murodovna
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvonidotsent
Telefon+998 97 2830033
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Ochilov Zayniddin Sayfullayevich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 93 664-59-05
E-mailochilov7507@mail.ru

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

Musiqa ta’limi kafedrasi
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60110100 – Pedagogika
60110600 – Musiqa ta’limi
60110500 -Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60210400 – Dizayn: libos va gazlamalar
60210500 – Rangtasvir: dastgohli
60211400 – Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik
60211500 – Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi
70110601 – Musiqa ta’limi va san’at
70110501 – Tasviriy san’at

Professor - o`qituvchilar soni72
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR6
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR10
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR56
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT23%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultet binosining umumiy sig‘imi 1025 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan.  O‘quv-auditoriyalar soni 39 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 20 ga yaqin kompyuter, (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproektor, 3 ta elektron doska, mavjud. Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Fakultetning 2024-yilda bitiruvchi kurs talabalari kunduzgilar 383 nafar sirtqi 103 nafar, magistrlar 11 nafarnini tashkil etadi.

Pedagogika va psixologiya kafedrasidan ilmiy tadqiqot mavzulari tasdiqlanib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.X.Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining tavsiyasiga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya.Etnopsixologiya” ixtisosligi bo‘yicha DOTSENT ilmiy unvoni oldi. 03 № 016228 Sana: 2024-yil 3-iyul, 357/1-son bayonnoma. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.M.Raupova O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Nukus davlat pedagogika instituti kengashining qaroriga ko‘ra PEDAGOGIKA FANLARI DOKTORI (DSc) ilmiy unvoni berildi. 04 № 008391 Sana 2024-yil 30-noyabr 364/1-son bayonnoma
O‘qituvchi Ikromov Oybek Ibrogimovich Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun 25.11.2024-yil kuni “Talabalarda ingliz tilini o‘rganishda xotira tiplari namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlari” mavzusida “Yosh davrlar va rivojlanish psixologiyasi” 19.00.06 ixtisosligi bo‘yicha 100% ovoz bilan Himoya qildi. O‘qituvchi Sharipov Alisher Nuriddinovich Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun 12-dekabr, 2024-yil kuni “O‘smirlar (11-15 yosh) irodaviy sifatlarini shakllantirishda o‘zbek xalq og‘zaki ijodining Etnopsixologik ta’sir mexanizmi” mavzusida 19.00.05 “Ijtimoiy psixologiya.Etnopsixologiya (psixologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tishi haqida e’lon chiqdi.
O‘qituvchi Turobova Shaxnoza Umirovna Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Konchilik, qazib olish sanoati xodimlariga psixologik xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan va OAK Byullettenida e’lon qilingan. Ilmiy rahbar O.E.Hayitov. 2025-yil may oyida himoya qilish rejalashtirilgan. O‘qituvchi Ravshanova Ziyoda Nuraliyevna Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “O‘spirin o‘quvchilarda tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan va OAK Byullettenida e’lon qilingan. Ilmiy rahbar O.E.Hayitov. 2025-yil sentabr oyida himoya qilish rejalashtirilgan. O‘qituvchi Muhiddinova Nilufar Baxodirovna Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Kredit modul tizimi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy kompitentligini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan va OAK Byullettenida e’lon qilingan. Ilmiy rahbar B.X.Xodjayev. 2025-yil oktabr oyida himoya qilish rejalashtirilgan.
Musiqa ta’limi kafedrasidan ilmiy tadqiqot mavzulari tasdiqlanib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kafedra o’qituvchisi Yu.B.Rasulovaning “Bo’lajak musiqa fani o’qituvchilarini musiqiy savodxonligini va ijodiy-pedagogik kompetentligini takomillashtirish metodikasi.” nomli 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ixtisosligi) bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi mavzusi tasdiqlangan (limiy rahbar professor s.f.n. S.B.Saidiy).
Kafedra o‘qituvchisi D.R.Murtozayevning “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarini xeyronomik texnika yordamida jamoa bo‘lib kuylash faoliyatiga tayyorlash”) mavzusidagi 13.00.01 Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika ta`limotlar tarixi (musiqa ixtisosligi) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi mavzusi tasdiqlangan (limiy rahbar).
Kafedra o‘qituvchisi L.N.Nosirovning “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ixtisosligi) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi mavzusi tasdiqlangan.
Kafedra o’qituvchisi Kodirov Baxron Giyezovichning “Folklor qo‘shiqlari vositasida talabalarning ijro malakalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02- Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa) ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan.
Kafedra o‘qituvchisi Mustaqil tadqiqotchi Aslanov Sherzodjon Turg‘unovichning “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga “An’anaviy xonandalik” fanini o‘qitishda kretivligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Shashmaqom misolida)” bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi mavzusi tasdiqlangan..
Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 110 dan ortiq maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.

 Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari “Axborot” soatini namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.

  1. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 3-kurs talabasi Mardiyeva Muhlisa Zokir qizi
  2.  “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi Rangtasvir 4-kurs talabasi Qo‘Ldashev Madadjon Ramazonovich
  3. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi Dizayn yo’nalishi 3-kurs talabasi Mavlonova Sadinabonu Nurbaxodirali qizi
  4. “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi Sulaymonova Nigina Baxtiyor qizi
  5. “Musiqa ta’limi” kafedrasi “ Musiqa ta’limi ” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Ismatova Oyniso Hikmat qizi.
  6. “Musiqa ta’limi” kafedrasi “Musiqiy ta`lim” yo’nalishi 2-kurs talabasi Taniqulov Ozodbek  Akbar o‘g’li.
    Quyida familiyalari keltirilgan iqtidorli talabalar viloyat va respublika miqiyosida o’tkazilayotgan tanlovlarda, tadbirlarda va ilmiy konferensiyalarga faol qatnashib kelmoqdalar.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
kechki guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari